» » Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston milliy termasining BAAga qarshi tarkibini e’lon qildi

Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston milliy termasining BAAga qarshi tarkibini e’lon qildi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14-noyabr kuni Al-Ayn shahrida Amirlik termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Uchrashuvga o‘zbekistonlik futbolchilarni “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev tayyorlaydi.

Berdiyev bugun — 6-noyabr kuni milliy terma safida maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomini e’lon qildi. Ular jami 23 nafar. Avvalroq yig‘inda birorta ham legioner futbolchi qatnashmasligi aytilgandi.

Bosh murabbiy eng ko‘p futbolchini “Nasaf”dan oldi — 6 nafar. Boisi, Qarshi klubi Oliy Liganing ketma-ket 9 ta turida zafar quchib, eng yaxshi formada bo‘lib turibdi. “Lokomotiv” va “Bunyodkor”dan 5 nafardan futbolchi jalb qilindi. Yetakchilar orasidan eng kami “Paxtakor”ga tegishli — 3 nafar. Shuningdek, “Buxoro”, “Qo‘qon-1912”, “Navbahor” va “Mash’al” jamoalaridan ham futbolchi bor.

O‘zbekiston termasi 10-noyabr kuni Toshkentda yig‘iladi va 12-noyabr kuni Amirliklarga uchib ketadi. O‘rtoqlik o‘yini Al-Ayndagi “Halifa Bin Zayd” stadionida o‘tadi. U Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.

Darvozabonlar:

Himoyachilar:

Yarim himoyachilar:

Hujumchilar:

Опубликовано: admin (6-11-2017, 14:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют