» » Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan yodgorlik majmuasini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan yodgorlik majmuasini borib ko‘rdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan yodgorlik majmuasini borib ko‘rdi, deb xabar beradi O‘zA.

Jizzax shahridagi tarixiy Xo‘ja Nuriddin madrasasida Hamid Olimjon va Zulfiyaning adabiy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida muzey tashkil etildi. Buning uchun madrasa binosi tubdan ta’mirlanib, tarixiy ko‘rinishi tiklandi. Madrasaning gumbaz qismi sirlangan koshin bilan qoplandi.

Muzey ekspozitsiyasi mazmuni Prezidentning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” asari hamda Hamid Olimjon va Zulfiya xiyoboni, ular nomi bilan ataluvchi maktab-internat tashkil etish bo‘yicha bildirgan fikr-mulohazalari asosida shakllantirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi xiyobon atrofini yanada obodonlashtirish, muzey faoliyatini takomillashtirish, maktab-internat moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют