» » Arab koalitsiyasi Eron xusiylarni qo‘llashini Saudiyaga qarshi urush sifatida qabul qilishini bildirdi

Arab koalitsiyasi Eron xusiylarni qo‘llashini Saudiyaga qarshi urush sifatida qabul qilishini bildirdi


Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Eron tomonidan isyonchi-xusiylar qo‘llab-quvvatlanishini urush e’lon qilinishi deb qabul qiladi. Bu haqda koalitsiya bayonotida bildiriladi, deya xabar beradi “Korrespondent.net” 

“Eron tomonidan xusiylar vakillariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘mondonlik qilinishi maqsadi qo‘shni davlatlar bo‘lgan, mintaqada tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi tajovuzning ochiq ko‘rinishiga kiradi. Shu sababli koalitsiya buni Eron tuzumining dushmanlik urinishlari qatorida ko‘radi, mazkur harakatlar Saudiya Arabistoniga qarshi urush sifatida ham qabul qilinishi mumkin”, — deyiladi bayonotda. 

Arab koalitsiyasi qo‘mondonligi Yamanning barcha quruqlik, dengiz va havo qo‘nalg‘alari yopilishini e’lon qildi. Qamal koalitsiya nazorati ostida gumanitar yuklar yetkaizilishiga tegishli emas.

Eslatib o‘tamiz, 4-noyabr, shanba kuni Yaman hududidan uchirilgan ballistik raketa Saudiya tomonidan tutib qolindi va ar-Riyod xalqaro aeroporti yaqinida quladi. AQSh prezidenti Donald Tramp bunda Eronni aybladi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют