» » O‘zbekistonlik tadbirkorlarga tovarlarni sug‘urta polisi va bank kafolatisiz xorijiy valyutada eksport qilishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonlik tadbirkorlarga tovarlarni sug‘urta polisi va bank kafolatisiz xorijiy valyutada eksport qilishga ruxsat beriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zAning qayd etishicha, O‘zbekistonda hali ham ortiqcha bo‘g‘inlar, to‘siqlar, zamonaviy talablarga javob bermaydigan va mahalliy tadbirkorlarning tashqi savdo faoliyatida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilayotgan turli idoraviy yo‘riqnomalar va normativ hujjatlar mavjud.

Shu munosabat bilan, Prezidentning yangi qaroriga muvofiq, eksport qiluvchi korxonalar, ularning yangi, shu jumladan, istiqbolli xorijiy savdo bozorlarini faol o‘zlashtirishi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar joriy etilmoqda.

Eksport operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi hosil bo‘lishini hisoblash muddati uzaytirilib (60—90 kundan), hisoblashning yagona muddati belgilanmoqda, ya’ni mahsulot eksportga jo‘natilgan kundan boshlab 120 kun etib belgilanmoqda.

Bunda O‘zbekiston rezidentlari — muassislar tomonidan chet eldagi tashkilotlariga (savdo uylari, savdo vakolatxonalari, shu’ba korxonalari, firma do‘konlari, dilerlik tarmoqlari va konsignatsiya omborlariga), shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi a’zolari tomonidan — Palataning savdo-investitsiya uylariga olib chiqib ketiladigan tovarlar bo‘yicha to‘lovlar kelib tushishining amaldagi muddatlari (180 kun) saqlab qolinadi.

Shu munosabat bilan, shuningdek, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun normalaridan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlariga o‘z mablag‘larini erkin tasarruf etish bo‘yicha berilgan huquqlar inobatga olingan holda, qarorga muvofiq shunday tartib joriy etilmoqda.

Unga ko‘ra tovarlar, ishlar va xizmatlarni oldindan to‘lov to‘lamasdan, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirilmasdan va sug‘urta polisisiz xorijiy valyutada eksport qilishga ruxsat etilmoqda (yangi meva-sabzavot mahsulotlari va ayrim turdagi xomashyo tovarlari bundan mustasno).

Qarorda chegaraoldi savdosini rivojlantirish va eksport tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida tadbirkorlik subyektlariga 2017-yil 1-dekabrdan boshlab, tovarlar (xomashyo tovarlaridan tashqari), ishlar va xizmatlarni eksport qiluvchilarning O‘zbekiston banklaridagi hisobraqamlariga oldindan 100 foiz to‘lov to‘langandan so‘ng eksport kontrakti tuzmasdan invoyslar asosida eksport qilish huquqi ham berilmoqda.

Bunda yangi meva-sabzavot, uzum, poliz, dukkakli mahsulotlar, shuningdek, quritilgan sabzavotlar va mevalarni eksport qilishga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq alohida talablar belgilanmoqda.

Shuningdek, qarorda tashqi savdo faoliyatining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish, eksportdan valyuta tushumlarining tushish muddatlari obyektiv sabablarga ko‘ra kechiktirilgan holatlarda eksport qiluvchilarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni asossiz qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartib-taomillarini soddallashtirish maqsadida:

Опубликовано: admin (6-11-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют