» » O‘zbekistondagi barcha notariuslar nodavlat idoralarga aylantiriladi

O‘zbekistondagi barcha notariuslar nodavlat idoralarga aylantiriladi


O‘zbekiston bosqichma-bosqich o‘z-o‘zini moliyalashtirishga asoslangan nodavlat budjetdan tashqari notariatni joriy etishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

2018-yil 1-yanvardan boshlab davlat notarial idoralari nodavlat idoralarga aylantirib boriladi. Bu Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama uchun e’lon qilingan Prezident farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda notariat institutini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari ro‘yxatida “notarial faoliyatning samarali, shaffof tizimini” yaratish va notariuslarni muntazam attestatsiyadan o‘tkazish tartiblarini joriy etishdan iborat.

Notariatlarni halol va yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash va yuqori darajada xizmat ko‘rsatishga erishish ham ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Notarial idoralarni moliyalashtirishning adolatli sharoitlarini yaratish orqali notariuslarning o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatishlariga erishish rejalashtirilgan.

Bahssiz da’volar bo‘yicha sud qarorlarini chiqarish amaliyotini qisqartirish hisobiga qarzdordan pul mablag‘lari va mol-mulkni undirish to‘g‘risidagi notariuslar ijro qaydlarini joriy etishni kengaytirish belgilangan. Bu sud tizimida ish hajmining sezilarli darajada qisqarishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Notarial palatasini ta’sis etish va barcha notariuslarning unga majburiy ravishda a’zo bo‘lishini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Rejaga ko‘ra, nodavlat palata notariuslar faoliyatini muvofiqlashtirib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют