» » Tramp Texasdagi otishma tufayli qurol-yarog‘ sotilishini cheklash kerak deb hisoblamaydi

Tramp Texasdagi otishma tufayli qurol-yarog‘ sotilishini cheklash kerak deb hisoblamaydi


Texasdagi otishma AQShning ko‘plab fuqarolarida ruhiy muammolar borligini ko‘rsatadi, ammo bu qurol-yarog‘ sotishni cheklash kerak degani emas. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.

“Mamlakatimizda, boshqalarida ham bo‘lganidek, ruhiy muammolarga duchor bo‘lgan ko‘plab odamlar bor. Bu yerda qurol aylanmasi bilan bog‘liq muammo yo‘q”, — dedi u Tokioda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Prezident jinoyatchi ruhan nosog‘lom bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Texasning Sazerlend-Springs shahrida ro‘y bergan otishmada 26 kishi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin odam yaralandi. Texas gubernatoriga ko‘ra, bu shtat tarixida bu turdagi eng qonli jinoyat bo‘ldi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют