» » Alisher Usmonov “Gazprom” mablag‘larini shaxsiy maqsadda sarflagani haqidagi ayblovlarni sud orqali inkor qiladi

Alisher Usmonov “Gazprom” mablag‘larini shaxsiy maqsadda sarflagani haqidagi ayblovlarni sud orqali inkor qiladi


Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov “Gazprom” korporatsiya mablag‘laridan shaxsiy maqsadlarda foydalanmagan edi va o‘z manfaatlarini sudda himoya qiladi. Bu haqda uning matbuot xizmatiga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.

Muqaddam Yuriy Milner jamg‘armasi “Gazprom”ning shu’ba korxonasi mablag‘laridan AQSh ijtimoiy tarmoqlariga investitsiya kiritish uchun foydalangani haqidagi xabarlar matbuotda chop etildi. Shu’ba korxonasiga Alisher Usmonov boshchilik qilayotgan payti bu harakatlar amalga oshirilgani jurnalistlarning shubhalariga sabab bo‘lgan edi.

“Janob Usmonov tomonidan go‘yoki ‘Gazprom’ mablag‘larining shaxsiy maqsadlar yo‘lida sarflanishi haqidagi barcha insinuatsiyalar yolg‘on, haqiqatga mos kelmaydi. Janob Usmonov va unga bog‘liq kompaniyalar har doim qonunga amal qiladi, korporativ boshqaruv prinsiplari va etik me’yorlarga qat’iy amal qilgan holda faoliyat yuritadi”, — deb izoh berdi bu yangilikka biznesmenning rasmiy vakili.

“Janob Usmonov va uning strukturalari o‘z qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishning barcha yuridik vositalaridan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqadi”, — qo‘shimcha qildi u.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют