» » Samsung yangi reklamada Apple’ning ustidan kuldi (video)

Samsung yangi reklamada Apple’ning ustidan kuldi (video)


Samsung kompaniyasi yangi reklama rolikini taqdim etdi. Unda kompaniya Apple foydalanuvchilariga katta bo‘lishni va Samsung Galaxy telefonlarini sotib olishni taklif qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Reklama syujetiga ko‘ra, o‘smir 2007-yilda o‘zining birinchi iPhone’ini sotib olgan. Uch yildan so‘ng telefon buzilgan, keyin esa rolik qahramoni iPhone SE ni sotib olgan, keyinroq esa — iPhone 7. Bu vaqt ichida u Samsung’dan foydalanadigan qiz bilan uchrashadi. O‘smir qizning telefoni mustahkamroq va qulayroq ekanligini ko‘radi. Rolik so‘ngida u iPhone X uchun navbatda turgan kam sonli kishilarni ko‘radi va ularning yonidan o‘tib ketadi.

Rolikda Samsung iPhone X ekranining ustidan ham kulgan. Yangi model uchun navbatda turgan erkakning soch turmagida iPhone X ekranidagi kabi “peshonacha” bor.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 05:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют