» » Koenigsegg kompaniyasi seriyali avtomobillarning tezligi rekordini yangiladi (video)

Koenigsegg kompaniyasi seriyali avtomobillarning tezligi rekordini yangiladi (video)


Eksklyuziv giperkarlar ishlab chiqaruvchi Shvetsiyaning Koenigsegg kompaniyasi seriyali avtomobillar uchun tezlikning yangi rekordi o‘rnatilganini ma’lum qildi. Bu haqda Motor Authority xabar bermoqda.

Koenigsegg Agera RS avtomobili AQShning Paramo shahridagi trassaning yopiq qismida ikkita urinishda soatiga o‘rtacha 447 kilometr tezlikka erishgan. Mashina ikki turbinali, besh litr sig‘imli dvigatel bilan jihozlangan, uning quvvati 1360 ot kuchiga teng. Avtomobilni kompaniyaning sinovchi haydovchisi Niklas Lilya boshqargan.

Seriyali avtomobillarning tezligi bo‘yicha avvalgi rekord 2010-yilda Bugatti Veyron Super Sport giperkarida o‘rnatilgan. U soatiga 431 kilometr tezlikni qayd etgan.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют