» » “Boko Haram” Nigeriya shimoli-sharqidagi Jaddanam shahriga o‘t qo‘ydi

“Boko Haram” Nigeriya shimoli-sharqidagi Jaddanam shahriga o‘t qo‘ydi


“Boko Haram” jangarilarining Nigeriya shimoli-sharqidagi aholi punktiga hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Mahalliy ma’muriyat vakillariga ko‘ra, 20 ga yaqin qurolli jangari Borno shtati poytaxti Mayduguridan 50 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Jaddanam shahriga hujum qildi.

“Ular 6 kishini o‘ldirdi va deyarli butun shaharni yoqib yubordi. Shuningdek, chorva va oziq-ovqat zaxiralarini yo‘q qildi. Natijada mahalliy aholi yeguliksiz qoldi”, — ma’lum qildi ma’muriyat vakillari.

Mansabdorlar markaziy hukumatni yordamga kelish va hujumga uchragan seraholi hududda patrullar sonini ko‘paytirishga chaqirdi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют