» » Qodirov Zyuganovni Leninni dafn qilish haqidagi gaplari uchun uzr so‘rashga chaqirdi

Qodirov Zyuganovni Leninni dafn qilish haqidagi gaplari uchun uzr so‘rashga chaqirdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi yetakchisi Gennadiy Zyuganovni Vladimir Leninning jasadini dafn qilish taklifini “safsata” deb atagani uchun uzr so‘rashga chaqirdi, deb yozadi “Gazeta.ru” Qodirovning Telegram’dagi kanaliga tayanib.

“Siz ehtimol, achchiq ustida va o‘ylamasdan aytgan barcha gaplaringiz uchun o‘zingiz fikrlarini safsata deb atagan odamlar oldida uzr so‘rasangiz yaxshi bo‘lardi. Va inqilobda hamda undan keyingi sovet davrida oilalari jabr ko‘rganlar oldida ham”, — deb yozdi Checheniston rahbari.

Uning qayd etishicha, ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning 60 foizi Leninning jasadini ko‘mish tarafdoridir.

Zyuganov avvalroq teleboshlovchi Kseniya Sobchakning Leninning jasadini ko‘mish taklifini bema’nigarchilik va surbetlik deb atagan edi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют