» » Millionlar o‘yini afsonalaridan Andrea Pirlo futbolchilik faoliyatini yakunladi

Millionlar o‘yini afsonalaridan Andrea Pirlo futbolchilik faoliyatini yakunladi


Italiyalik mashhur futbolchi Andrea Pirlo karyerasini yakunlashga qaror qildi. 38 yoshli afsona bu haqda Twitter sahifasida ma’lumot berdi.

Bu chempionatdagi so‘nggi o‘yinim. “Nyu-York Siti”dagi faoliyatim deyarli yakuniga yetib keldi. Jamoa rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar va muxlislarga minnatdorchiligimni bildiraman. Hammasi uchun rahmat!

Andrea Pirlo, italiyalik futbolchi

“Milan” va “Yuventus” klublaridagi o‘yinlari bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan Pirlo “Nyu-York Siti” safiga 2015-yilning yozida borib qo‘shilgandi. Shu vaqtga qadar Pirlo Italiya termasi sharafini 116 ta uchrashuvda himoya qilgandi.

Andreaga 6 bor A seriya chempionligini qo‘lga kiritish va 2 marta Yevropa Chempionlar Ligasida zafar quchish nasib qilgan. 2006-yil u Italiya termasi safida Jahon Chempionligini nishonlagan.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют