» » Malayziyada tergov Kim Chen Namning o‘limida to‘rt nafar KXDR fuqarosini aybladi

Malayziyada tergov Kim Chen Namning o‘limida to‘rt nafar KXDR fuqarosini aybladi


Kuala-Lumpur aeroportida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chen Namni o‘ldirganlikda ayblanayotgan to‘rt kishi KXDR fuqarolaridir va ular diplomatik kanallardan foydalanib, jinoyat sodir etilgan kuni Malayziyani tark etgan. Bu haqda tergov guruhi vakili Van Azirul Nizam Oliy sud majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “ularning barchasi Kuala-Lumpurga turli vaqtlarda — taxminan qotillikdan ikki hafta oldin kelib, mamlakat hududini bir vaqtda — Kim Chen Nam o‘ldirilgan sana — 13-fevralda tark etgan”.

“Tergov chog‘ida aniqlanishicha, KXDRning Malayziyadagi elchixonasi xodimi va Air Koryo aviakompaniyasi vakili to‘rt nafar ayblanuvchi uchun Jakartaga reys chiptalarini sotib olgan va ularga yuborgan, shuningdek, ularga diplomatik yo‘lakdan o‘tishda yordam qilgan”, — dedi tergovchi.

KXDRning to‘rt fuqarosi Interpol liniyasi bo‘yicha qidiruvga berilgan, ammo hozirgacha hech qanday natijaga erishilmagan.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют