» » Donald Tramp Janubiy Koreyaga yetib keldi

Donald Tramp Janubiy Koreyaga yetib keldi


AQSh prezidenti Donald Tramp 7-noyabr, seshanba kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi, deb yozadi “TASS”. Bortida Amerika yetakchisi bo‘lgan samolyot Osanadagi Amerika harbiy-havo bazasiga qo‘ndi.

Uchish-qo‘nish yo‘lagida Tramp va uning rafiqasi Melaniyani Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva, hukumat, Amerika elchixonasi, shuningdek, AQShning Janubiy Koreyadagi harbiy kontingenti qo‘mondonligi vakillari kutib oldi.

Tramp vertolyotga o‘tirib, AQShning Pxyontxek shahridagi yangi harbiy bazasiga yo‘l oldi. Lagerga tashrif buyurganidan so‘ng u Seulga borib, prezident Mun Chje In bilan uchrashadi. Ularning suhbati asosan KXDR raketa-yadro muammosi, shuningdek, AQSh va Koreya Resoublikasi o‘rtasida erkin savdo haqida bitimga bag‘ishlanadi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют