» » “Yo‘qol, Evra!” Fransiya chempionatida “Marsel” muxlislari futbol fanatini tepgan Evraga qarshi aksiya o‘tkazdi

“Yo‘qol, Evra!” Fransiya chempionatida “Marsel” muxlislari futbol fanatini tepgan Evraga qarshi aksiya o‘tkazdi


Fransiya chempionatining 12-turida “Marsel” o‘z uyida “Kan”ni qabul qilib, 5:0 hisobida zafar quchdi. Bungacha marselliklarning Yevropa Ligasi doirasidagi o‘yinida himoyachi Patris Evra muxlislardan birini tepgani bilan yodda qolgandi.

“Marsel”ning “Kan”ga qarshi o‘yinida fanatlar Patris Evraga qarshi aksiya uyushtirdi va uni jamoadan ochiqchasiga hayday boshladi. Portugaliyadagi o‘yinning ertasigayoq “Marsel” rahbariyati Evrani jamoadan vaqtincha chetlashtirgandi. “Championat.asia” nashri buning oqibatida yechinish xonasi qanday ko‘rinish olgani va muxlislar Evra manziliga qanday fikrlar aytgani haqida xabar joyladi.

“Sen klubdan ham muhimroqman deb o‘ylading. Biz seni o‘z ranglarimizda ko‘rishni istamaymiz”

“Futbolkaga muhabbat, muxlislarga hurmat va professionalizm. Nima, biz juda ko‘p narsa so‘radikmi?!”

“Bu o‘yin tugadi”

Evra ko‘pincha futbolni sevishini aytib, I love this game deya fikr qoldirardi. “Marsel” fanatlari unga o‘sha o‘yin tugagani haqida aytib o‘tgan.

Evraning “Marsel”ga qaytishiga ishonish qiyin. O‘sha kuni u Portugaliyadagi klub epikirovkasida so‘nggi bor namoyon bo‘ldi. Yana ko‘rinishini endi ko‘pchilik istamaydi. Futbolchining o‘zi esa vaziyatga optimist ruhida munosabat bildirmoqda. U o‘z sahifasida “Marsel”ning haqiqiy muxlislariga rahmat aytib, ulardan qo‘llab-quvvatlash olayotgani haqida yozgan.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют