» » Issiq suvda kuyib qolganda nima qilish kerak?

Issiq suvda kuyib qolganda nima qilish kerak?


Issiq suvda kuyish ko‘pincha oshxonada yuz beradi. Kuyish natijasida paydo bo‘ladigan og‘riqlarni kamaytirish va boshqa ko‘ngilsiz oqibatlarning oldini olish uchun qanday choralar ko‘rish kerak?

Issiq suvda kuyish uch darajaga ajratiladi:

1-darajali kuyish

Faqat epidermis qavatining yuzasi shikastlanadi. Kuyish natijasida teri qizaradi, shishadi, lekin og‘riqqa chidash mumkin bo‘ladi.

2-darajali kuyish

Bunday kuyish ancha jiddiy hisoblanadi, chunki terining yuza qatlamidan tashqari keyingi qatlami ham shikastlanadi. Og‘riq juda kuchli bo‘ladi, kuygan joy shishadi, teri ustida biroz vaqtdan keyin o‘zi yoriladigan pufaklar paydo bo‘ladi.

3-darajali kuyish

Terining hamma qavatlari shunchalik kuchli shikastlanadiki, bunday holat va chidab bo‘lmaydigan og‘riqlarni qoldirish uchun ham tezlikda tibbiy yordam talab qilinadi.

Teriga qaynoq tuv tomchilari tushganda kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, lekin agar shikastlangan joyni darhol oqib turgan sovuq suv tagiga yoki sovuq suv solingan idishga 5 daqiqa qo‘yib turilsa og‘riq tezroq o‘tib ketadi.

Issiq suvda 2-darajali kuyishda sovuq suvning ta’siri 15 daqiqa kerak bo‘ladi. Terining shikastlangan sohasiga sovuq suvda ho‘llangan sochiq yoki polietilen paketga solingan muz qo‘yish mumkin.

Avval terining kuyish darajasini aniqlab olish zarur, lekin bu albatta, og‘riqni kamaytirganingizdan keyin. Agar u bir necha daqiqadan keyin ham o‘tib ketmasa, terining usti qizarib ketsa va pufaklar paydo bo‘lsa, unda yaxshisi tibbiy yordamga murojaat qilganingiz ma’qul.

Uyda saqlanadigan dori-darmonlar orasida kuyishda tez yordam ko‘rsatish vositalari ham bo‘lishi lozim. Bunday vositalar ichida kuygan joyga suriladigan aloe vera geli eng ishonchli hisoblanadi. Agar xohlasangiz bu malhamni surib uni zararsizlantirilgan bint bilan bog‘lab qo‘yishingiz ham mumkin, lekin agar yara “nafas olsa” tezroq tuzaladi.

Manba: “Zdorovie.com”

Опубликовано: admin (7-11-2017, 13:14)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют