» » Avstraliyada yo‘ltanlamasning maktab binosiga bostirib kirishi oqibatida 2 o‘quvchi halok bo‘ldi

Avstraliyada yo‘ltanlamasning maktab binosiga bostirib kirishi oqibatida 2 o‘quvchi halok bo‘ldi


Avstraliyaning Sidney janubi-g‘arbida joylashgan Grinakre shahrida boshlang‘ich maktab binosiga avtomobil bostirib kirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Hodisa mahalliy vaqt bilan 9:45 da Banksia Road ko‘chasidagi maktabda ro‘y berdi. Yo‘ltanlamas to‘g‘ri sinfga qarab kirib ketdi, bu payt xonada o‘qituvchi va 24 nafar o‘quvchi bor edi.

Ulardan 21 nafari jabrlandi, 5 kishi jiddiy jarohat oldi. Ularning barchasi kasalxonaga yotqizildi va shu yerda 8 yoshli ikki o‘g‘il bola olamdan o‘tdi.

Maktab binosiga bostirib borgan Toyota Kluger 52 yoshli ayol tomonidan boshqarilgani aniqlandi. U mashinadan bolani tushirayotganda mazkur holat ro‘y bergani taxmin qilinmoqda. Ayolning o‘zi jabrlanmadi va alkogolga tekshirish uchun kasalxonaga yetkazildi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют