» » Tramp KXDRdan himoyalanish va Afg‘onistondagi strategiya uchun kongressdan 5 milliard dollardan ortiq mablag‘ so‘radi

Tramp KXDRdan himoyalanish va Afg‘onistondagi strategiya uchun kongressdan 5 milliard dollardan ortiq mablag‘ so‘radi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat kongressining quyi palatasiga maktub orqali murojaat qilib, Shimoliy Koreya va Afg‘oniston bilan bog‘liq vaziyatlar sabab mamlakat mudofaasi budjetini oshirishni so‘radi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Tramp o‘z maktubida Shimoliy Koreyaning tahdidiga qarshi turish uchun mudofaa sohasidagi shoshilinch chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga 4 milliard dollar, shuningdek, “Janubiy Osiyodagi mening ma’muriyatim” strategiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,2 milliard dollar so‘radi.

Trampning aniqlik kiritishicha, qo‘shimcha moliyalashtirish Afg‘onistondagi Amerika harbiylari sonini 3,5 mingtaga yetkazish uchun zarur.

Bundan tashqari Amerika yetakchisi AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining “Jon Makkeyn” va “Fitsjerald” kemalarini ta’mirlash uchun yana qo‘shimcha 700 million do‘llar so‘radi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют