» » “Aytilgan pulni bermasang, videoni tarqatib, sharmanda qilamiz”. Surxondaryoda maishatparast erkaklarni “begona yotoq”da tutib olish bilan pul ishlagan tovlamachilar qo‘lga olindi

“Aytilgan pulni bermasang, videoni tarqatib, sharmanda qilamiz”. Surxondaryoda maishatparast erkaklarni “begona yotoq”da tutib olish bilan pul ishlagan tovlamachilar qo‘lga olindi


Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanida tovlamachilik bilan shug‘ullangan 18 kishidan iborat jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jinoiy guruh faoliyati ikki kishi tomonidan boshqarilgan, ular bu ishga voyaga yetmagan farzandini ham jalb etgan.

Tovlamachilar jinoiy guruhga a’zo qizlar yordamida erkak mijozlarni “massaj”, “dam olish”, “maishat qilish” bahonasida, o‘z xohishi yoki aldov yo‘li bilan belgilangan xonadonga olib kelgan. Mijoz yotoqxonaga kirib, yechina boshlashi bilan, xonaga jinoiy guruh a’zolari kirib kelgan va hodisani uyali telefon vositasida tasvirga tushira boshlagan.

Jinoiy guruh a’zolari “qo‘lga tushgan” erkaklarni mahallasida, oilasida, ish joyida sharmanda qilish, videoyozuvni internetga chiqarib yuborish bilan qo‘rqitib, ulardan katta miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olgan.

Xabar berishlaricha, guruh a’zolari “mahalla raisi”, “posbon”, “tergovchi”, “tasvirchi”, “haydovchi” va boshqa vazifalarni o‘zaro taqsimlab olgan va ularning har biri o‘z rolini puxta, ishonarli o‘ynagan.

IIV axborotida guruh a’zolarining bunday xatti-harakatlari natijasida necha kishi jabrlangani, ularga qancha moddiy zarar yetkazilgani haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani, jinoiy guruhning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tergov va surishtiruv olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют