» » Saudiyalik shahzoda al-Valid hibsga olingani tufayli milliard dollar yo‘qotdi

Saudiyalik shahzoda al-Valid hibsga olingani tufayli milliard dollar yo‘qotdi


Saudiyalik shahzoda, mamlakatning eng boy insonlaridan bir al-Valid bin Talal bin Abdulaziz as-Saudning boyligi oxirgi 48 soat ichida milliard dollarga kamayib ketdi va 17,8 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

U hibsga olingani davlati qisqarishiga sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Muqaddam Saudiya Arabistonida 11 nafar shahzoda va to‘rt vazir hibsga olingan edi. Korrupsiyada ayblanib ushlanganlar orasida al-Valid ham bor edi.

Shundan so‘ng unga tegishli Kingdom Holding investitsion kompaniyasi aksiyalari kotirovkasi tushib ketdi. Oxirgi sotuvlarda aksiyalar qiymati 2011-yil dekabridan buyon eng past darajaga tushdi.

Shuningdek, al-Validning Four Seasons, CitiGroup, Twitter, 21st Century Fox, Disney va boshqa kompaniyalarda ulushi bor. Shuningdek, u Parijdagi George V, Nyu-Yorkdagi Plaza mehmonalariga egalik qiladi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют