» » O‘zbekiston korxonalari farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniga ega emasligi ma’lum qilindi

O‘zbekiston korxonalari farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniga ega emasligi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda aholini va sog‘liqni saqlash muassasalarini arzon dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan ta’minlash tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Shu bilan birga, O‘zAning qayd etishicha, o‘tkazilgan o‘rganishlar mazkur sohada mahalliy farmatsevtika tarmog‘ining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ayrim tizimli kamchiliklar saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda.

“Xususan, bugungi kunga qadar farmatsevtika tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning yagona strategiyasi ishlab chiqilmagan hamda mahalliy farmatsevtika korxonalarining faoliyatini, shu jumladan, tegishli mahsulotlarni aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining ularga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda ishlab chiqarish bo‘yicha lozim darajada muvofiqlashtirish ta’minlanmagan”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Oqibatda, qayd etishlaricha, bugungi kunda O‘zbekistonda tarmoqdagi mahalliy korxonalar yuqori sifatli va raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniga ega emas.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют