» » Turkish Airlines’ning sobiq vitse-prezidenti “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga maslahatchi etib tayinlandi

Turkish Airlines’ning sobiq vitse-prezidenti “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga maslahatchi etib tayinlandi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi turkiyalik ekspert O‘rxon Sivriqayani strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchi sifatida jalb qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Turkiyalik maslahatchini jalb qilish masalasi oktabr oyida O‘zbekiston Prezidenti boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiyaga tashrifi chog‘ida ko‘rib chiqilgan edi.

O‘rxon Sivriqaya (1967-yili tug‘ilgan) — texnik fanlar doktori, fuqaro aviatsiyasi sohasida mashhur top-menejer. Bosfor universitetini bitirgan Sivriqaya Turkiyada, Yevropada va Shimoliy Amerikada mas’uliyatli mansablarda ishlagan.Yaqingacha u Turkish Airlines aviakompaniyasi vitse-prezidenti lavozimini egallab turgan edi.

O‘rxon Sivriqaya 6-noyabrdan “O‘zbekiston havo yo‘llaridagi” faoliyatini boshladi. Uning javobgarlik sohalari sirasiga aviakompaniya strategiyasini ishlab chiqish, reyslar jadvali optimizatsiyasiva samolyotlar parkini rejalashtirish, marketing va sotuvlar, shuningdek, axborot texnologiyalarini jalb qilish kiradi.

Muqaddam turkiyalik sobiq deputat Sodiq Badak O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga maslahatchi sifatida ish boshlagan edi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют