» » Seul va Vashington Janubiy Koreya raketalari quvvatiga o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qiladi

Seul va Vashington Janubiy Koreya raketalari quvvatiga o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qiladi


Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 7-noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bergan qo‘shma matbuot anjumanida Seul va Vashington Janubiy Koreya ballistik raketalari jangovar kallaklari quvvatini cheklashni bekor qilish yuzasidan kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Janubiy Koreya va AQSh rahbarlari raketalar jangovar zaryadlari bo‘yicha cheklovni bekor qilish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishdi”, — ma’lum qildi Mun Chje In.

Uning so‘zlariga qaraganda, ikki mamlakat Janubiy Koreya hududida joylashtirilgan AQSh strategik kuchlari miqdorini oshirish yuzasidan kelishuvga erishgan.

Nihoyat, Janubiy Koreyada harbiy razvedkaning ilg‘or vositalarini zudlik bilan rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют