» » “O‘zmedeksport”ning nomi “O‘zmedimpeks” deb o‘zgartirildi

“O‘zmedeksport”ning nomi “O‘zmedimpeks” deb o‘zgartirildi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zmedeksport” davlat korxonasi “O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonasi etib qayta nomlandi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 7-noyabr kuni imzolangan farmonda belgilab qo‘yilgan.

Farmonga muvofiq, nomi o‘zgartirilgan korxona “O‘zfarmsanoat” konserni o‘rnida yangi tashkil etilgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan.

“O‘zmedimpeks” O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining yagona yetkazib beruvchisi etib belgilangan.

Shuningdek, korxona bu dori vositalari va tibbiyot buyumlarini saqlash, qayta ishlash va yetkazib berish bo‘yicha vazirlik agenti ham hisoblanadi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют