» » Bir yil avval “Sanderlend”ni APLda saqlab qola olmagan Devid Moyesga “Vest Hem” ishonib topshirildi

Bir yil avval “Sanderlend”ni APLda saqlab qola olmagan Devid Moyesga “Vest Hem” ishonib topshirildi


Slaven Bilichni iste’foga chiqargan Londonning “Vest Hem” klubi yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi. Bu shotlandiyalik Devid Moyes.

Mutaxassis bilan kelshuvi mavsum yakuniga qadar bo‘ladi. Oldindagi vaqt ichida Moyes “Vest Hem”ning pozitsiyasini tiklab, uni barqaror klubga aylantirishi kerak. Mavsumning 11 ta turi ortda qolgani inobatga olinsa, Moyes bunga ulgurishi katta ehtimol.

Devid Moyes bir yil muqaddam “Sanderlend” futbolchilarini ham xavfli zonadan qabul qilib olgan, biroq mavsum yakuniga ko‘ra klubni APLda saqlab qola olmagandi. Shunga qaramay, londonliklar baribir uning nomzodida to‘xtaldi. Avvalroq Moyes sobiq jamoalaridan biri “Everton”ga qaytib, Ronald Kumandan bo‘sh qolgan o‘rinni egallashi aytilgandi.

Murabbiylik faoliyatini 1998-yil “Preston Nord End” klubida boshlagan 54 yoshli mutaxassis, keyinroq “Everton”, “Manchester Yunayted”, “Real Sosyedad”, “Sanderlend” kabi klublarda ishladi. Uni “Yunayted”ga boshqa bir shotland — Ser Aleks Fergyusonning o‘zi munosib deb bilgandi. Endi esa “Vest Hem” Moyes faoliyatidagi 6-klub bo‘ldi.

U “Everton”da salkam 11 yil faoliyat olib borgach, “Yunayted” sabab Liverpulni tark etgandi. Shundan buyon u 1 ta klubda 1 mavsumdan ortiq ishlay olmadi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют