» » Foto: Dunyodagi eng hashamdor “qamoqxona”. Qo‘lga olingan saudiyalik shahzodalar 5 yulduzli mehmonxonaga qamaldi

Foto: Dunyodagi eng hashamdor “qamoqxona”. Qo‘lga olingan saudiyalik shahzodalar 5 yulduzli mehmonxonaga qamaldi


Saudiya Arabistonida korrupsiya bilan kurash bo‘yicha tuzilgan qo‘mita tomonidan 11 nafar shahzoda, bir nechta vazir va hukumatning 38 nafar sobiq a’zosi qo‘lga olingani haqida 5-noyabrda ma’lum bo‘lgan edi. Qo‘mita 4-noyabrda tuzilgan va uni merosxo‘r shahzoda Muhammad bin Salmon boshqarmoqda.

TJournal’ning yozishicha, qo‘lga olinganlar mamlakat poytaxti Ar-Riyod shahridagi The Ritz Carlton nomli besh yulduzli mehmonxonaga joylashtirilgan. Mehmonxonada bo‘lgan mehmonlarga buyumlarini yig‘ishtirib, chiqib ketish buyurilgan, shundan so‘ng u yerga qo‘lga olinganlar va qo‘riqchilar joylashtirilgan.

Manbalarga ko‘ra, bunday oliy mansabli shaxslarni qamoqxonaga jo‘natish ularni kamsitish bo‘ladi. Shuning uchun 492 ta xona, bir nechta restoran, hovuzlar va ko‘ngilochar xonalarni o‘z ichiga olgan hashamatli mehmonxona vaqtincha “oltin qafas”ga aylandi. Shahzodalar va vazirlarning aybi isbotlansa, ularning shu yerda qolishi yoki qolmasligi noma’lum.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют