» » Vladimir Klichko boks tepasiga kelishga yaqin. Uning nomzodi AIBA prezidentligi uchun ilgari surildi

Vladimir Klichko boks tepasiga kelishga yaqin. Uning nomzodi AIBA prezidentligi uchun ilgari surildi


Ukrainalik taniqli charm qo‘lqop ustasi Vladimir Klichko havaskor bokschilarning xalqaro assotsiatsiyasi (AIBA) prezidentiga aylanishi mumkin.

Kichik Klichko Ching Kuo Vudan bo‘shab qolgan o‘rinni egallaydi. O‘tgan hafta Dubayda AIBAning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilgan bo‘lib, tashkilot prezidentligi uchun Vladimirning nomzodi ilgari surilayotgani Ijroqo‘m a’zolariga ma’lum qilingan.

Bungacha sobiq prezident Ching Kuo Vu ham kichik Klichkoni rahbarlik lavozimlaridan biriga tayinlab, o‘ziga ko‘makchi qilib olishni rejalashtirayotgandi. Ammo Ijroqo‘m a’zolari bir ovozdan uning o‘ziga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. Ching Kuo Vu boks assotsiatsiyasini o‘zining shaxsiy biznesiga aylantirib olgani aytildi.

2018-yilning yanvar oyida prezidentlik uchun saylov o‘tkaziladi. Dubayda o‘tadigan marosimda Klichkoning raqiblari kim bo‘lishi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют