» » O‘zbekistonda Huawei Honor 6A va 6C smartfonlari sotuvga chiqdi

O‘zbekistonda Huawei Honor 6A va 6C smartfonlari sotuvga chiqdi


O‘zbekistonda Huawei kompaniyasining Honor 6A va Honor 6C smartfonlari sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Ular alohida Honor brendi lineykasidagi modellardir.

Huawei Honor 6A 2017-yil mayida taqdim etilgan arzon smartfondir. Qirralari biroz aylana bo‘lgan metall korpusli qurilma 5 dyuymli va 1280?720 pikselli IPS-ekran, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 430 protsessori, 2 Gb tezkor va 16 Gb doimiy xotira (+microSD), 13 megapikselli yorug‘lik diodli vspishkali va fazaviy avtofokusli kameraga ega. Smartfon Android 7.0 operatsion tizimida ishlaydi.

Honor 6C texnik jihatdan ancha ilg‘orroq bo‘lib, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 435 protsessori, LTPS-ekrani, 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotirasi (+microSD) bilan farqlanadi. Dasturiy qismi Android 6.0 Marshmallow asosidagi EMUI 4.1 qobig‘iga qurilgan.

Toshkent bozorida Honor 6A 1 222 250 so‘mga, Honor 6C esa 1 467 000 so‘mga taklif qilinmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют