» » “Kommersant”: Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzishga tayyor

“Kommersant”: Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzishga tayyor


“Kommersant” nashri Ukrainaning Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzishga tayyorligidan xabar topdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzish haqidagi band “Donbassni reintegratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunga tuzatish sifatida kiritilgan, u 16-noyabr kuni ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladi. Uning muallifi hukmron “Pyotr Poroshenko bloki”dan deputat Ivan Vinnik bo‘lib, u amalda parlamentning milliy xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi rahbari Sergey Pashinskiy yetakchilik qiladigan “Xalq fronti” bilan hamkorlik qiladi. Qonun aynan uning qo‘mitasi orqali o‘tadi. Aynan “Xalq fronti” tuzatish tashabbuskoridir, deya da’vo qiladi nashr manbasi.

“Donbassni reintegratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunda “Rossiya tajovuzkor mamlakat deb e’tirof etiladi, umid qilamanki, ovozlar yig‘iladi. Va bundan keyin diplomatik aloqalarni saqlab qolish — Ukraina TIV tomonidan jinoyat bo‘ladi. Bu munosabatlar allaqachon uzilgan… Biz ushbu uzilishni qonun chiqaruvchilik darajasida mustahkamlashimiz kerak”, — deya o‘z maqsadini tushuntirdi tuzatish muallifi.

Rossiya bilan munosabatlarni uzish Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning rejalariga kirmagan. Nashr suhbatdoshlari fikricha, tuzatish — ichki ishlar vaziri Arsen Avakovning Poroshenkoga o‘ziga xos javobidir. 31-oktabr kuni Avakovning o‘g‘li Aleksandr Milliy gvardiya uchun ryukzaklar sotib olishda 520 ming dollarni sarflab yuborganlikda gumonlanib hibsga olingan, keyinroq qo‘yib yuborilgan edi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют