» » Oyga uchgan NASA astronavti Richard Gordon 88 yoshida vafot etdi

Oyga uchgan NASA astronavti Richard Gordon 88 yoshida vafot etdi


AQShda Oyga uchgan 24 kishidan biri, NASA sobiq astronavti Richard Gordon 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda NASA ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“NASA va millatimiz koinotdagi ilk pionerlarimizdan birini yo‘qotdi. Biz Richard Gordonning oilasiga hamdardligimizni yo‘llaymiz”, — dedi NASA direktori vazifasini bajaruvchi Robert Laytfut.

Gordon Oyga ikkinchi qo‘nish missiyasi — “Apollon-12” jamoasi a’zosi edi. Uning amalga oshirilishi davomida astronavt Oy orbitasida qoldi.

AQSh harbiy dengiz kuchlari kapitani bo‘lgan Gordon 1963-yilda astronavtlar safiga qo‘shildi. Ikki missiya davomida u koinotda jami 316 soat o‘tkazgan, 1966-yildagi birinchi parvozi chog‘ida ikki bor ochiq koinotga chiqqandi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют