» » Vega raketasi Kuru kosmodromidan muvaffaqiyatli uchishni amalga oshirdi (video)

Vega raketasi Kuru kosmodromidan muvaffaqiyatli uchishni amalga oshirdi (video)


7-noyabr kechasi Fransiya Gvianasidagi Kuru kosmondromida bortiga Marokash uchun sun’iy yo‘ldosh ortilgan Vega raketa tashuvchisi uchirildi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Raketa mahalliy vaqt bilan soat 22:43 uchirildi.

Raketa-tashuvchining bortida Muhammad VI—A sun’iy yo‘ldoshi mavjud bo‘lib, u Thales Alenia Space konsorsiumi tomonidan Marokash uchun qurilgan. U kartografiya va geodeziya ishlari uchun mo‘ljallangan. Og‘irligi 1,11 tonnaga teng.

Sun’iy yo‘ldosh uchirilganidan 55 daqiqa o‘tgach raketadan ajraldi.

Ushbu raketaning uchirilishi joriy yil boshidan beri Kuru kosmodromida uchirilgan 10-raketa, shuningdek, Vega tomonidan olti yildan buyon uchirilgan 11-raketa hisoblanadi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют