» » Tayvanda Mirage 2000 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Tayvanda Mirage 2000 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi


Tayvanning mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan Mirage 2000 qiruvchi samolyoti 7-noyabr, seshanba kuni orol shimolidagi dengizda quladi. Bu haqda mamlakat harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Uchuvchi taqdiri hozircha ma’lum emas. Samolyot bilan aloqa Szilun port shahridan 74 kilometr shimolda yo‘qotildi.

Hozirda mazkur hududda patrul katerlari va aviatexnika yordamida qidiruv operatsiyasi davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Tayvan ixtiyorida 1998-yilda Fransiyada xarid qilingan 60 ta Mirage 2000 qiruvchi samolyoti bo‘lib, ular F-16 ( AQSh) va IDF (Tayvan) qatori orol harbiy-havo kuchlari asosini tashkil etadi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют