» » BMT arab koalitsiyasini Yamandan qamalni olishga chaqirdi

BMT arab koalitsiyasini Yamandan qamalni olishga chaqirdi


BMT Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasini Yamandan qamalni olishga chaqirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Qamal mamlakatga gumanitar yordam yetkazishga to‘sqinlik qilmoqda. Portlar, aeroportlar, quruqlikdagi yo‘nalishlarning qamal qilinishi shundoq ham ayanchli bo‘lgan vaziyatga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mojaroning barcha tomonlari portlar va aeroportlar orqali tezkor va bexatar gumanitar yordam yetkazilishiga sharoit yaratishi lozim”, — dedi xalqaro tashkilot vakili Stefan Dyujarrik .

BMT ga ko‘ra, hozirda Yamanda 20 million kishi gumanitar yordamga muhtoj, ulardan 7 million kishi ochlik yoqasida.

Eslatib o‘tamiz, arab koalitsiyasi Ar-Riyodga raketa yo‘llanganidan so‘ng  6-noyabr kuni Yaman aeroport va portlari yopilishini  ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют