» » Tergovchilar Aleksey Ulyukayev ishi bo‘yicha sudga 2 mln dollar keltirdi

Tergovchilar Aleksey Ulyukayev ishi bo‘yicha sudga 2 mln dollar keltirdi


Tergovchilar 8-noyabr, chorshanba kuni Rossiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Aleksey Ulyukayevning ishi bo‘yicha sudga 2 million dollar keltirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Zalga quti va polietilen paket keltirildi. Qutiga uning ichida 1,8 million dollar joylashtirilgani yozilgan. Paketda yuz dollarlik kupyurada 200 ming dollar borligi taxmin qilindi.

2 million dollar — tergov taxminiga ko‘ra Ulyukayev 2016-yilda “Rosneft” rahbari Igor Sechindan olgan pora summasi.

Sudga mazkur pullar nega keltirilganiga tergovchilar aniqlik kiritmadi.

Ulyukayev pulni pora sifatida olgan yoki olmaganligi haqidagi savolga javob berishdan bosh tordi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют