» » Qoraqalpog‘istonda elektr ta’minoti uchun asossiz yozilgan jarima elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qoplandi

Qoraqalpog‘istonda elektr ta’minoti uchun asossiz yozilgan jarima elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qoplandi


Ellikqal’a tumani Bo‘ston shahar M.Yusuf ko‘chasida istiqomat qiluvchi Sh.Mavlonova Majburiy ijro byurosi Ellikqal’a tuman bo‘limi xodimlari tomonidan iste’molchi xonadonining elektr hisoblagichi tamg‘alanmaganligi sababli jarima yozilganidan noroziligini bildirib, tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi, deb xabar beradi jamiyat axborot xizmati.

Norozilik sababi TETK xodimi xonadonga yaqinda yangi hisoblagich o‘rnattirgan, lekin o‘sha paytda hisoblagichni tamg‘alash bo‘yicha xonadon egasini ogohlantirmagan.

Ushbu masalaga aniqlik kiritish uchun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda ETK xodimlari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

Natijada iste’molchi xonadoniga yozilgan jarima Ellikqal’a TETK xodimining mas’uliyatsizligi oqibatida yuzaga kelgani aniqlandi.

Iste’molchiga jarimasini qoplash uchun Ellikqal’a ETKdan jami 450.000(to‘rt yuz ellik ming) so‘m pul undirib berildi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют