» » Namanganda konditsioner bilan ta’minlangan oynavand bekatlar qurilishi boshlandi

Namanganda konditsioner bilan ta’minlangan oynavand bekatlar qurilishi boshlandi


Namangan shahrida markaziy ko‘chalardagi avtobus bekatlarini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Shaharning Islom Karimov, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa markaziy ko‘chalarida Arxitektura boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha asosida oynavand bekatlar qurilmoqda.

Bunday bekatlar isitish va sovutish tizimlari bilan jihozlangan, shuningdek, savdo do‘konini o‘z ichiga olgan.

Xabar berishlaricha, shahar hokimi bu haqdagi qarorni 25-oktabr kuni imzolagan bo‘lib, loyiha ikki oy muddat ichida to‘liq amalga oshirib bo‘linishi lozim.

Hokimlik xabarida rekonstruksiya ishlari aynan nechta avtobus bekatini qamrab olishiga va loyiha uchun qancha mablag‘ sarflanishiga aniqlik kiritilmagan.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют