» » O‘zbekistonda imtihonsiz universitetga kirish tartibi o‘zgartirildi

O‘zbekistonda imtihonsiz universitetga kirish tartibi o‘zgartirildi


Vazirlar Mahkamasining 7-noyabrdagi qarori bilan O‘zbekiston oliy ta’lim dargohlariga imtiyoxli kirish tartibi o‘zgartirildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, imtiyozlar xalqaro tanlovlar va musobaqalarda individual yoki kollektiv shaklda 1–3-o‘rinlarni olganlarga taqdim etiladi. Ilgari 1–5-o‘rinlarga imtiyozlar berilar edi.

Kollektiv g‘alaba qozongan jamoalarning uch nafar vakili imtihonsiz qabul qilinadi. Bu tartib o‘zgarishsiz qoldi.

Bundan tashqari, hujjatda kurash bo‘yicha musobaqalar g‘oliblari OTMlarga imtiyozli kirishi va pul mukofoti olishi belgilandi.

Xususan, imtiyoz tartibi sportning olimpiya turlari, shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar g‘oliblari uchun ham saqlanadi.

Nihoyat, imtihonsiz OTMga kirish imkonini beradigan individual va kollektiv shakldagi musobaqalar tartibi tasdiqlandi. Bular:

- Olimpiya va Osiyo o‘yinlari;

- Osiyo va jahon chempionatlari.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют