» » Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonda chet el investitsiyalari 4 milliard dollardan oshdi

Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonda chet el investitsiyalari 4 milliard dollardan oshdi


2017-yil boshidan buyon O‘zbekistonga kiritilgan chet el investitsiyalari 4 milliard dollardan oshdi. Bu haqda 8-noyabr kuni investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan davra suhbatida Davlat investitsiyalar qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.

Investitsiyalar umumiy hajmidan 3,7 milliard dollarlik ulushi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet eli investitsiyalarini tashkil etadi. Investorlar orasida AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Rossiya va Yaponiya kompaniyalari bor.

2011–2016-yillarda O‘zbekistonda chet el investitsiyalari hajmi 40 foizga qisqargan, 3,3 milliard dollardan 1,9 milliard dollarga tushgan edi.

“2012-yildan 2017-yilgacha O‘zbekiston reytingda 92 pozitsiyaga ko‘tarilib, 166-o‘rindan 74-gacha ko‘tarildi. Bizning keyingi maqsadimiz ancha jiddiy — 2025-yilga qadar top-20 ga kirmoqchimiz”, — dedi Ahmadxo‘jayev.

Qo‘mita raisi ushbu maqsad yo‘lida O‘zbekiston investitsion siyosati iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish, chet el investitsiyalarini jalb etish mexanizmi samaradorligini oshirish, investorlar bilan hamkorlikning yangi yo‘llarini topish va yangi loyihalarni ishlab chiqishga urg‘u bergan holda takomillashtirib borilishini ma’lum qildi.

Korporativ moliyaviy axborotga ega bo‘lish imkoniyatlarini yaxshilash va mahalliy kompaniyalar moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar darajasiga yetkazish qo‘mitaning yana bir vazifasidir.

Noyabrning uchinchi dekadasida chet el investitsiyalari bo‘yicha kengashning yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Unda O‘zbekistonda xususiy-davlat hamkorligi mexanizmlarini, shuningdek, tegishli qonun loyihasini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 20:59)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют