» » Rossiyalik biznesmen Sergey Polonskiy prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ydi. U yaqindagina qalloblik aybi bilan qamalib, amnistiyaga tushgan edi

Rossiyalik biznesmen Sergey Polonskiy prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ydi. U yaqindagina qalloblik aybi bilan qamalib, amnistiyaga tushgan edi


Rossiyalik biznesmen Sergey Polonskiy 2018-yildagi prezident saylovida ishtirok etmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Muqaddam Polonskiy qalloblik uchun besh yil koloniyaga hukm qilingan edi. Uning jinoyati yengilroq bandga — tijorat sohasidagi qalloblikka o‘zgartirilgach, biznesmen amnistiya bo‘yicha qamoqdan chiqib keldi.

“Rossiya Federatsiyasi prezidenti mansabiga o‘z nomzodimni ilgari surishimni rasman e’lon qilaman”, — dedi Polonskiy Moskva shahar sudida jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

Sudda prokurorning amnistiya qarori ustidan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilayotgan edi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют