» » O‘zbekistonda yuridik shaxslar 2018-yildan yarim tunda foydalanilgan elektr energiyasi uchun kamroq pul to‘laydi

O‘zbekistonda yuridik shaxslar 2018-yildan yarim tunda foydalanilgan elektr energiyasi uchun kamroq pul to‘laydi


O‘zbekistonda 2018-yil 1-yanvardan boshlab energiya resurslaridan oqilona foydalanishni rag‘batlantiruvchi bir qator mexanizmlar joriy qilinmoqda. Bu O‘zbekiston Prezidentining 8-noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.

Jumladan, pishgan g‘isht, gips, sement va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, shuningdek, muayyan xizmatlar ko‘rsatuvchi (restoranlar, kafelar va boshqa) iste’molchilar ulangan quvvati 750 kVA bo‘lgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlar Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan o‘rnatiladigan o‘sib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflarga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori bo‘lgan iste’molchilar elektr energiya uchun hisob-kitoblarni sutka vaqtlarining tabaqalashtirilgan tarifi bo‘yicha amalga oshiradi.

Mazkur tartib budjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek, davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

“Respublikaning elektr ta’minoti tizimiga yuklamani tenglashtirish maqsadida elektr energiyadan foydalanganlik uchun to‘lovlarning qulay tariflari joriy qilinmoqda”, — deb yozadi O‘zA.

Xususan, tig‘iz payt — ertalabki va kechki vaqtda (belgilangan tartibda o‘rnatiladi) foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda o‘suvchi koeffitsiyentni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.

Eng kam yuklamali soatlarda, ya’ni tungi paytda belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayuvchi koeffitsiyentdan foydalaniladi. Bunda belgilangan tarif yarim tig‘iz paytda, ya’ni sutkaning yorug‘ vaqtida elektr energiya ta’minotiga to‘lovlar uchun saqlanib qoladi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют