» » Abdulaziz Komilov ShHT bosh kotibini qabul qildi

Abdulaziz Komilov ShHT bosh kotibini qabul qildi


8-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga tashrif buyurgan Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

ShHT bosh kotibi 10–11-noyabr kunlari Samarqand shahrida BMT shafeligida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” muvzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

Suhbat davomida xalqaro forum kun tartibi hamda ShHT va ShHT organlarining Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash masalalarini hal qilishdagi ishtirokining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ShHTni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют