» » Axborot texnologiyalari vazirligida Microsoft vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Axborot texnologiyalari vazirligida Microsoft vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


8-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Microsoft korporatsiyasining MDH mamlakatlaridagi bosh direktori Ronald Binkofski bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, davlat boshqaruvida bulutli texnologiyalarni, biznes hamda jismoniy shaxslar uchun Microsoft yechimlarini joriy qilish, Microsoft dasturiy mahsulotlarini legallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar ta’lim tizimidagi hamkorlik, xususan, talabalar va aholini o‘qitish tizimini tashkil etishda Microsoft servislari va mahsulotlaridan foydalanish masalasini muhokama qildi.

Microsoft delegatsiyasi tashrifi doirasida seminar ham tashkil etildi. Unda Microsoft’ning Yevropa bosh ofisidan kelgan yuqori malakali ekspertlar kompaniyaning elektron hukumat qurish borasidagi tajribasi haqida so‘zlab berdi. Jumladan, joriy etilayotgan tizimlarning arxitekturasi, yondashuvi, boshqa mamlakatlar tajribasi, elektron hukumat konsepsiyasini amalga oshirishda davlat data-markazlaridan foydalanish variantlari haqida so‘z bordi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют