» » Isyonchi xusiylar saudiyalik shahzodalarga Yamandan boshpana taklif qildi

Isyonchi xusiylar saudiyalik shahzodalarga Yamandan boshpana taklif qildi


Yamanning bir qismini nazoratda ushlab turgan isyonchi xusiylarning “Ansorulloh” harakati korrupsiyaga qarshi kampaniya doirasida ta’qib ostiga olingan saudiyalik shahzodalarga boshpana taklif qildi. Bu haqda, Qatarning Al Jazeera telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Saudiya qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saudning tashabbusiga ko‘ra tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi kurash oliy qo‘mitasi asos solinishidan bir necha soat o‘tib 40 nafar nufuzli shaxslarni qo‘lga olishga ko‘rsatma berdi. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon boshchiligidagi kampaniya doirasida 11 shahzoda va to‘rt vazir, shuningdek, kichikroq martabadagi yana bir necha kishi ushlangan edi. Ular orasida mamlakatning eng boy insonlaridan biri, shahzoda al-Valid bin Talal bor edi. Shuningdek, yirik biznes bilan bog‘liq qator shaxslar ushlandi.

Shu munosabat bilan Yamanning shia isyonchilari bayonot chiqardi.

“Biz as-Saud qirol oilasining har qanday a’zosiga yoki Saudiyaning har qanday fuqarosiga, agar u kamsitish va ta’qibdan qochmoqchi bo‘lsa, boshpana berishga tayyormiz”, — deyiladi bayonotda.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Fors ko‘rfazi arab davlatlari harbiy koalitsiyasi Yamanda xusiylarga qarshi kurash olib bormoqda. Ular rasmiy prezidenti Abdrabbu Mansur Xodiy rejimini himoya qilmoqda.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют