» » “Rostex” futuristik tramvay loyihasini yopdi. U hech qachon ishlab chiqarilmaydi

“Rostex” futuristik tramvay loyihasini yopdi. U hech qachon ishlab chiqarilmaydi


Rossiyaning “Rostex” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Uralvagonzavod” korxonasi tomonidan birinchi marta 2014-yilda namoyish etilgan Russia One tramvayi hech qachon seriyali ishlab chiqarilmaydi. “Rostex”ning alohida topshiriqlar bo‘yicha direktori Vasiliy Brovkoning xabar berishicha, loyiha o‘z xaridorini topmagan, deb yozmoqda TJournal.

Brovko muammoning dizaynerlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi fikrlar nomuvofiqligidaligini tan olgan. R1 tramvayi hammaga yoqqan. Biroq u bozorga chiqmadi va chiqmaydi.

Direktor kamchiliklar sifatida tramvayda yurgizish qismining yo‘qligini, u ta’mirlash uchun juda nozikligini aytib o‘tgan.

Brovko R1 ning ko‘plab g‘oyalari “Uralvagonzavod”ning boshqa loyihalarida qo‘llanilishi mumkinligini va’da qildi.

Ehtimoliy xaridorlar orasida Moskva shahri va Ingushetiya hokimiyati hamda boshqa viloyatlar bo‘lgan. Biroq ular bilan transport vositasining savdosi bo‘yicha birorta ham shartnoma tuzilmagan.

R1 birinchi marta 2014-yilda sanoat ko‘rgazmasida namoyish etilgan va uni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ko‘zdan kechirgan edi.

Tramvayni Wi-Fi, GPS-navigator, HD kuzatuv kameralari, konditsionerlar bilan jihozlash rejalashtirilgan edi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 07:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют