» » Apple FQBga texaslik o‘qotarning iPhone’ini blokdan chiqarishda o‘z yordamini taklif qildi

Apple FQBga texaslik o‘qotarning iPhone’ini blokdan chiqarishda o‘z yordamini taklif qildi


Apple korporatsiyasi Federal qidiruv byurosiga Texasdagi cherkovda ibodatchilarni o‘qqa tutgan Devin Kellining iPhone’ini blokdan chiqarishda yordam taklif qildi, deb yozadi “RBK” Apple matbuot xizmatiga tayanib.

“Biz Texasdagi fojiadan xavotirga va qayg‘uga tushdik. Tergovchilar o‘qotarning iPhone’iga kirishga urinayotganidan xabar topishi bilan, bizning mutaxassislarimiz FQBga murojaat qildi. Biz o‘z yordamimizni taklif qildik va FQB bizga yuboradigan yuridik so‘rovlar bo‘yicha javobimizni tezlashtirishimizni aytdik”, — dedi matbuot xizmati vakili.

Avvalroq AQSh Federal qidiruv byurosining (FQB) Texas shtatidagi Sazerlend-Springs shahrida ro‘y bergan ommaviy qotillikni taftish qilayotgan agentlari jinoyatchining telefonini blokdan chiqara olmayotgani xabar berilgan edi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют