» » Erdo‘g‘on Ilon Mask bilan yopiq eshiklar ortida uchrashdi

Erdo‘g‘on Ilon Mask bilan yopiq eshiklar ortida uchrashdi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask bilan uchrashdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Ilon Mask Turkiyaga Turksat 5A va 5B sun’iy yo‘ldoshlarini uchirish masalasini muhokama etish uchun keldi”, — ma’lum qildi Turkiya yetakchisining matbuot kotibi.

Erdo‘g‘on va Maskning uchrashuvi yopiq eshiklar ortida o‘tdi va bir soatga yaqin davom etdi. Muloqotda Turkiya texnologiyalar va transport vazirlari ham ishtirok etdi.

Sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishdan tashqari Mask va Erdo‘g‘on mashinalar ishlab chiqarishni ham muhokama qildi. Anadolu agentligiga ko‘ra, Turkiya 2019-yili o‘zining ilk avtomobilini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют