» » Unumdorlikni oshirish uchun anti-to-do ro‘yxatini tuzing

Unumdorlikni oshirish uchun anti-to-do ro‘yxatini tuzing


Kundalik ro‘yxatdagi bajarilmay qolgan ishlar hafsalani pir qiladi va ishtiyoqni so‘ndiradi. Bu muammoni bartaraf qilishning yo‘li bor: qilinadigan ishlar ro‘yxati bilan birga anti-to-do ro‘yxatini tuzish. Bu usul sizdagi o‘z kuchingizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi.

Anti-to-do ro‘yxatga kun davomida qilingan ishlarni kiritish kerak. Boshqacha qilib aytganda, bu erishilgan yutuqlar ro‘yxati bo‘ladi.

Bu juda ishtiyoq uyg‘otuvchi usul bo‘lib, kun davomida hammasi bo‘lib qancha ish qilganingizni ko‘rib turasiz. Hatto agar bu ishlar qilishingiz kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatida bo‘lmasa ham.

To-do ro‘yxatdagi bajarilgan ishlarni o‘chirib tashlaysiz. Anti-to-do ro‘yxatga esa rejalashtirilgan ishlardan tashqari qilingan qo‘shimcha ishlarni ham kiritasiz.

Hafta oxirida u qilinadigan ishlar ro‘yxatida ko‘ringanidek unumsiz emasligiga amin bo‘lasiz.

Kun davomida biz to-do ro‘yxatimizda ko‘rsatilganidan ham ko‘proq ishlarni bajarishimizga to‘g‘ri keladi. Ba’zan ular ko‘p vaqtni oladi, shuning uchun biz oldindan rejalashtirilgan ishlarni bajarishga ulgurmaymiz. Kun oxirida ro‘yxatdagi bajarilmay qolgan ishlarga qaraymiz va o‘zimizdan ko‘nglimiz to‘lmaydi.

To-do ro‘yxatdagi vazifalarni biz oldindan o‘ylab qo‘yamiz. Bu shubhasiz maqsadga erishish uchun ancha foydali: kun uchun aniq rejani tuzishda biz ularni muhimligiga qarab joylashtiramiz. Lekin o‘z yutuqlarimizni yozar ekanmiz, amalga oshirilgan yangi ishlar orqali biz vazifalarni bajarish uchun o‘zimizda yanada ko‘proq ishtiyoq uyg‘otamiz.

Bundan tashqari, bunday ro‘yxat sizdagi yuksalishni qayd qilib boradi. Uning yordamida siz o‘zingizda qanday yangi odatlar paydo bo‘lganini kuzatib borishingiz mumkin.

Manba: “Layfxaker”

Опубликовано: admin (9-11-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют