» » Surxondaryoda savdo qoidalarini qo‘pol tarzda buzgan tadbirkor aniqlandi

Surxondaryoda savdo qoidalarini qo‘pol tarzda buzgan tadbirkor aniqlandi


2017-yilning o‘tgan davrida Surxondaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi va hududiy davlat soliq inspeksiyalariga fuqarolardan turli mazmundagi qariyb 300 ga yaqin murojaat kelib tushgan, deb xabar beradi O‘zA.

Xususan, mazkur murojaatlardan birida Qiziriq tumanida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Quvondiq Abdurahimovga qarashli savdo shoxobchalarida savdo qoidalari qo‘pol ravishda buzilayotgani bayon etilgan.

Ushbu murojaat dastlab soha xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, qisqa muddatli soliq tekshiruvi o‘tkazildi. Nazorat tadbiri davomida shoxobcha sotuvchisi Quvondiq Abdurahimov xaridorga amalga oshirgan 20 ming so‘mlik xaridi uchun nazorat kassa mashinasi cheki bermaganligi hamda savdo shoxobchasining g‘aznasidagi to‘rt million 550 ming so‘m naqd savdo puli nazorat kassa mashinasi xotirasidan o‘tkazilmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, shoxobchada 12 turdagi jami 32 million 342 ming so‘mlik kirim hujjatlari va sifat sertifikatlari bo‘lmagan qurilish va xo‘jalik mollari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-maydagi 299-sonli qaroriga zid ravishda uch turdagi 100—500 vattgacha bo‘lgan 792 ming so‘mlik cho‘g‘lanma lampalar sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu tovar moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yildi.

Ushbu holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют