» » Foto: Selfiga tushish taqiqlangan maskanlar

Foto: Selfiga tushish taqiqlangan maskanlar


O‘tgan hafta Filippindagi Binangonan shahri yaqinida joylashgan Laguna-de-Bay ko‘lida sakkiz kishi cho‘kib ketdi. Tergov taxminlariga ko‘ra, fojiaga kema yo‘lovchilarning katta qismi selfiga tushish uchun kemaning boshqa bir burchagiga yig‘ilgani sabab bo‘lgan.

“Gazeta.ru” xavfsizlik nuqtai nazaridan selfiga tushish qonun tomonidan taqiqlangan mamlakatlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Disney’ning barcha 11 ta bog‘ida selfi-tayoqlardan foydalanish taqiqlangan. Avvaliga taqiq faqatgina attraksionlarda gadjetdan foydalanganlarga tegishli bo‘lgan, biroq 2015-yildan buyon butun hudud bo‘ylab joriy etildi. Selfi-tayog‘i bilan kelgan barcha, xavfsizlik nuqtai nazaridan uni bog‘da kirishda qoldirib ketishlari zarur.

2014-yildan 2016-yilga qadar Hindistonda o‘zini suratga olmoqchi bo‘lgan 76 kishi vafot etgan — bu butun dunyodagi mamlakatlar o‘rtasida rekord ko‘rsatgich hisoblanadi. Shaharda selfiga tushish mumkin bo‘lmagan 16 ta nuqta mavjud bo‘lib, u yerda selfiga tushgan shaxs 12,5 funt jarimaga tortiladi.

Taqiq okean qirg‘oqlari liniyasiga ham tegishli — 2016-yilda ikki nafar o‘smir suvda suratga tushish vaqtida cho‘kib ketgan edi.

Nyu-York Amerika shtatlari orasida selfini taqiqlagan birinchi shtat hisoblanadi — biroq faqatgina sher, yo‘lbars yoki boshqa mushuksimonlar oilasiga kiruvchi yirtqichlar bilan suratga tushganda. Ushbu qonun ko‘rgazmalar, sirk shoulari va boshqa shu turdagi tadbirlarda odamlar va hayvonlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni taqiqlaydi.

Ispaniyaning Pamplona shahrida enserro — qo‘yib yuborilgan buqa yoki sigirlardan qochish an’anasi vaqtida suratga tushish taqiqlangan. Ushbu qonunga ko‘ra, foto yoki video uchun inson hayotini xavfga qo‘ygan har qanday odam 3 ming yevro jarimaga tortiladi.

1924-yildan buyon enserro vaqtida 15 kishi halok bo‘lgan va ispan hukumati ushbu raqamlarning ortishiga yo‘q qo‘yish niyatida emas.

Janubiy Koreya hozircha selfiga emas, balki litsenziyasiz selfi-tayoqlardan foydalanishga taqiq qo‘ygan — ushbu qurilma smartfonni Bluetooth texnologiyasi yordamida masofadan boshqarish imkonini beradi.

Mamlakat hukumati Bluetooth yordamida ishlaydigan selfi tayoqlarini ishlab chiqaradigan barcha korxonalar litsenziya olishiga majbur, chunki u telekommunikatsiya qurilmalari safiga kiradi.

Ushbu taqiqni buzganlar 3 ming dollar jarimaga tortiladi yoki uch yilga ozodlikdan mahrum etiladi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют