» » Chitada sud-tibbiy ekspertizasi binosiga urilishi oqibatida 1,5 oyda 50 ta qush nobud bo‘ldi

Chitada sud-tibbiy ekspertizasi binosiga urilishi oqibatida 1,5 oyda 50 ta qush nobud bo‘ldi


Chitadagi o‘lka sud-tibbiy ekspertizasi byurosi binosiga urilishi oqibatida bir yarim oyda 50 ga yaqin qush nobud bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.

Qushlarning o‘limiga binoga qarag‘ay daraxtlarining aksi ko‘rinib turadigan plastik romlarning o‘rnatilishi sabab bo‘lgan.

“Chitadan bo‘lgan qo‘ng‘iroqlardan so‘ng biz hodisa joyiga bordik. Ma’lum bo‘lishicha, bir yarim oyda 50 ga yaqin qushlar nobud bo‘lgan. Ayrim kunlari bir kunda bir nechta qushlar nobud bo‘ladi. Asosan, chumchuqsimon o‘rmon qushlari, chumchuqlar va qizilishtonlar nobud bo‘lgan”, — deydi ornitolog Oleg Goroshko.

“Qushlar oynani ko‘rmay, qarag‘ay tomon uchgan va oynaga urilib nobud bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Ornitolog byuro xodimlariga plastik derazlar oynalariga qushlarning diqqatini tortadigan yorqin narsalar, masalan  sariq yoki qizil rangdagi qog‘ozdan yasalgan gullarni yopishtirib qo‘yishni maslahat bergan.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют